Azizov
M. va Qambarova SH.-lar tibbiyot kollejlari uchun Gigiyena fani
o'quv adabiyoti yaratilgan va nashrdan chiqarilgan. Hozirgi paytda
respublikamiz tibbiyot o'quv yurtlarida keng foydalanib kelinmoqda.
***
Inomov K. Hamshiralik
ishi fani o'qituvchisi, fan bo'yicha 3 marta o'quv adabiyoti nashr
qildirdi. Hozirgi vaqtda undan respublikamiz barcha
tibbiyot kollejlarida keng foydalanib kelinmoqda.
***
Bozorova G. va Azizov M.lar tomonidan Anatomiya, fiziologiya bilan
patologiya asoslari fanidan Test va boshqotirmalar to'plami
o'quv-uslubiy qo'llanma yaratildi.
***
Muydinosa S. Rus tili fanidan Tibbiyot kollejlari uchun testlar
to'plami uslubiy qo'llanma yaratdi.
***
Qayumova D. O'quv-ishlab chiqarish amaliyoti, Diplom oldi
amaliyoti o'tish uchun dastur yaratdi.
***
To'laboyeva G. anatomiya fani o'qituvchisi, fan bo'yicha nazariy
va amaliy mashg'ulotlardan uslubiy to'plami, test savollari va
muammoli
vaziyatlar to'plami tayyorladi.
***
Mahmudova R. va Azizov M.lar tomonidan Anatomiya, fiziologiya va
patologiya asoslari fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy
qo'llanma yaratganlar.
***
Eshonov I. tomonidan Hamshiralik ishi yo'nalishi uchun Jismoniy
tarbiya fanidan fan dasturi yaratgan.
***
Barcha umumta'lim va mutaxassislik fanlari o'qituvchilari o'z
fanlari bo'yicha o'quv-uslubiy to'plam yaratmoqdalar.
***
Kollejimiz talabalari muntazam ravishda Barkamol avlod sport
musobaqalarining final bosqichlarida qatnashib faxrli o'rinlarni
egallab kelishmoqda.
***
Kollejimiz talabasi Sunbula Haydarova o'zining Yumaloqshayxmazor
qishlog'i tarixi risolasi bilan Respublikamiz Kamolot YOIH va
Fond-Forum xalqaro jamg'armasi tomonidan o'tkazilgan Kelajak ovozi
ko'rik tanlovining respublika bosqichida grant sohibi bo'lgan.
***
Mustaqillik yillarida kollej o'qituvchilaridan 4 nafar faol
o'qituvchi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mukofoti bilan
taqdirlangan. Viloyat tibbiyot kollejlari o'rtasida ilmiy-amaliy
konferensiya, Eng yaxshi bitiruvchi ko'rik tanlovlari o'tkazib
kelinmoqda. Kollejga O'zbekiston qahramoni A.Oripov, Respublika
ma'naviyat va ma'rifat markazining o'rinbosari S.Olimov, viloyat
ma'naviyat va ma'rifat markazining mas'ul kotibi, shoir Z.Mansur,
tuman hokimi, senator I.Karimov, Respublika XDP I o'rinbosari
G.Mag'zumova tashrif buyurishgan.
***
O'quv
yurti jamoat tashkilotlari kollejning barcha jamoat ishlarida faol
qatnashib keladi. Chunonchi, fanlar bo'yicha Breyn-ring, O'yla,
izla, top, Quvnoqlar va zukkolar, KVN, Nafosat, Qizlarjon
va ko'plab boshqa tadbirlar jamoat tashkilotlarining bevosita
rahbarligi ostida tashkil etiladi.
|