Kosonsoy
tibbiyot kolleji jamoasi 2005-2006 o'quv yilida O'zbekiston
Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining
«Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qarorini amalga oshirish
borasida o'z oldiga vazifa belgilab oldi. Kollej moddiy texnika
bazasini mustahkamlash, o'quv adabiyotlari va ko'rgazmali qurollar
bilan ta'minlashni yaxshilash, o'qituvchilar tomonidan o'quv-uslubiy
qo'llanmalar, ma'ruza matnlari yaratishni
to'la yakunlash, o'qitish jarayonlarida o'qitishning faol
usullaridan foydalanish. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash
bilan talabalarni ijodiy izlanishga yo'naltirish, kasb sirlarini
chuqur o'rganib kelgusi faoliyatlarida undan samarali
foydalanishlariga erishish uchun zarur bo'lgan vazifalarni belgilab
uni amalga oshirish uchun izchil ish olib bormoqda.
Kadrlar
faoliyatini yaxshilash maqsadida eng avvalo tanlov asosida
o'qituvchilar tanlab olinadi. Faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar
yillik reja tuzib, shu reja asosida ish olib boradilar. Yillik
rejaning mazmuni va uning bajarilishi nazorat qilib boriladi.
O'qituvchi eng avvalo fan sirlarini o'quvchilarga o'rgatish bilan
birga ular bilimini mustahkamlash va adolatli baholash mezonlariga
rioya qilishi kerak. Amaliy ko'nikmalar o'quvchilar faoliyatida
asosiy o'rinni egallashi hisobini olgan holda amaliy mashg'ulotlar
o'tish uchun sharoitni yaxshilash va mashg'ulotlarni o'z vaqtida
sifatli o'tishini ta'minlandi.
2005-2006 o'quv
yilida Kosonsoy markaziy shifoxonasi qoshida 8 ta amaliyot xonalari
qaytadan jihozlanib amaliyot o'tish uchun zarur bo'lgan
o'quv-amaliyot anjomlari bilan ta'minlandi. O'rindoshlik asosida
dars beruvchi o'qituvchilar bilan 2 marta dars o'tish usullari,
yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo'llash, amaliy
ko'nikmalarni o'rgatish va nazoratini olib borish to'g'risida
seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.
Iqtidorli
o'quvchilarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan ishlar, ularni
ijodiy izlanishlarga yo'naltirish maqsadida ham reja asosida ish
olib borildi. 2003-2004 o'quv yilida fanlar bo'yicha o'tkazilgan
tuman olimpiadasida birorta o'quvchi g'olib bo'lib viloyat
olimpiadasida qatnashmagan bo'lsa, 2004-2005 o'quv yilida kollejning
11 nafar o'quvchisi tuman olimpiada bosqichida g'olib bo'lib viloyat
olimpiadasida qatnashdi. Ulardan 1 nafari
II-o'rinni,
2 nafari esa
IV-o'rinni
egallashdi. Iqtidorli o'quvchilar o'z vaqtida ma'naviy va moddiy
rag'batlantirib boriladi.
Yosh
o'qituvchilar bilan ishlashni ham takomillashtirib borilmoqda.
Ularga uslubiy yordam berish maqsadida seminar mashg'ulotlari
o'tkazib borildi va har bir yosh o'qituvchiga ustoz o'qituvchilar
biriktirib, ularning faoliyatlari nazorat qilib boriladi.
Hozirgi paytda kollejda 52 ta fan xonalari mavjud, ular zamon
talablari asosida dars o'tishga moslab o'quv reja talablari asosida
jihozlanib chiqilgan.
Ilg'or o'qituvchilar faoliyati doimo nazorat qilib boriladi,
ularning dars o'tishdagi ilg'or usullari jamoa a'zolari orasiga
ommalashtirib boriladi.
O'qituvchi va o'quvchilar orasida siyosiy, ayniqsa ma'naviy
tarbiyaga e'tibor berib kelinadi. Vatanga, o'z do'stlariga, kollejga
muhabbat, Davlat ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida
e'tibor beriladi. Prezident asarlari
va ma'ruzalari o'rganib borilib o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida
targ'ibot qilib boriladi. 2006 yilning yanvar, fevral oylarida jamoa
a'zolariga «Diniy ekstremizm va terrorizm» mavzusida 12 soatlik
mashg'ulotlar o'tkazildi. O'qituvchilar o'zlari egallagan
bilimlarini o'quvchilar orasida targ'ibot qilib boradilar.
O'qituvchi, ishchi-xodimlar va o'quvchilar o'rtasida qonunni hurmat
qilish, qonunbuzarlikka yo'l qo'ymaslik borasida ham reja asosida
ish olib boriladi. Faol qonun himoyachilari bilan har chorakda bir
marta uchrashuvlar o'tkazilib, jamoa a'zolarini qiziqtirgan
savollarga javob olinadi. Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchilari
o'quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib, targ'ibot ishlarini
olib boradilar. Bundan tashqari ertalabki saflanishlarda va kollej
radiouzellari orqali ham chiqishlar tashkil etib borilmoqda. Matbuot
nashrlarida bosilib
chiqqan jinoyatchilik, giyohvandlik mavzulariga oid maqolalar jamoa
a'zolari o'rtasida o'z vaqtida ishlab chiqiladi. Bajarilgan ishlar
natijasida kollej o'qituvchilari, ishchi-xodimlari va o'quvchilari
o'rtasida oxirgi uch yillikda birorta jinoyat sodir etilmagan.
Talabalarni o'qishga qabul qilish, o'qishdan chetlatish, ichki
tartib va intizom O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim muassasalariga
qabul qilish, o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan
chetlashtirish tartibi va qoidalari Nizomi»ga asosan olib boriladi.
Kollejda o'quv jarayoni 2003 yil 12 sentabrda O'zbekiston Respublikasi
Sog'liqni saqlash Vazirligi bilan kelishilib O'zbekiston
Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim Vazirligi, O'rta maxsus,
kasb hunar ta'limi Markazi tomonidan tasdiqlangan o'quv rejalar
asosida olib borilmoqda. O'quv yili boshida kollej xususiy
sharoitini hisobga olgan holda o'quv rejaga ishlov berib ishchi
o'quv reja tashkil etildi va shu reja asosida o'quv jarayoni jadvali
tuzilib, shu jadval asosida ish tashkil etib kelinmoqda.
Har
bir o'qituvchiga o'z mutaxassisligiga mos bo'lgan darslar o'quv yili
boshida taqsimlangan. Barcha o'qituvchilar o'quv reja asosida
kalendar tematik rejalar tuzgan va shu reja asosida mashg'ulotlarni
o'tib boradi. Har bir o'qituvchi o'z fani bo'yicha ma'ruza matnlari
yaratib kollej kutubxonasiga va o'quv zaliga qo'ygan. Har bir
mashg'ulotga tayanch konspektlar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar
yaratilgan va darslarda qo'llanilmoqda. Amaliy va laboratoriya
mashg'ulotlari reja asosida to'la o'tib kelinadi. Har bir
laboratoriya mashg'uloti o'tish uchun kerakli jihozlar bilan
ta'minlangan, o'tilgan laboratoriya mashg'ulotlari o'qituvchi
tomonidan nazorat qilib borilgan. Amaliy mashg'ulotlar Kosonsoy
shahridagi davolash-profilaktika muassasalarida olib
boriladi. O'quv va ishlab chiqarish amaliyotlari o'quv rejasi
asosida tuzilgan o'quv jarayoni jadvali bo'yicha Namangan
viloyatidagi davolash-profilaktika muassasalarida olib boriladi.
Ushbu muassasalarning barchasi bilan ikki tomonlama shartnomalar
tuzilgan. Kollejda 9 ta sport to'garagi va 44 ta fan to'garaklari
muntazam faoliyat olib boryapti. To'garaklarga 800 nafarga yaqin
o'quvchilar jalb qilingan. 20000 ga yaqin kitob fondiga ega bo'lgan
kutubxona o'quvchilarga xizmat qilib kelmoqda.
Umumta'lim fanlari
buyicha 5227 ta, mutaxassislik fanlari buyicha 13519 ta adabiyotlar
mavjud.
O'qituvchilar malakasini oshirishga e'tibor qaratiladi va malaka
oshirishga boruvchi o'qituvchilarga sharoit yaratib beriladi. Barcha
yildagi rejalar O'MKXT Boshqarmasi Marketing bo'limi bilan
hamkorlikda to'la amalga oshirib kelinmoqda. 2003-2004 o'quv yilida
21 nafar o'qituvchilar Toshkent Rivojlantirish institutida, Andijon
tibbiyot Oliygoxida, Namangan Davlat universiteti qoshidagi Malaka
oshirshi kurslarida o'z malakalarini oshirib
keldilar. 2004-2005 o'quv yilida hozirgi kunigacha 7 nafar
o'qituvchi o'z malakasini oshirib keldi. Malaka oshirishdan kelgan
o'qituvchilar o'qish davomida egallagan yangiliklari, o'qitishning
ilg'or usullari bilan jamoa a'zolarini tanishtirib boradi.
Tibbiyot kollejida 3 xil yo'nalish buyicha o'quvchilarni o'qishga
qabul qilingan.
2006 yildan boshlab «Akusherlik ishi» fakulteti
yopilgan.
№
|
Ta'lim yo`nalishi
|
1 kurs
|
2 kurs
|
3 kurs
|
Jami
|
1 |
«Даволаш иши» 3720110 |
108 |
71 |
76 |
265 |
2 |
«Акушерлик иши» 3720120 |
108 |
81 |
73 |
262 |
3 |
«Щамширалик иши» 3720610 |
324 |
289 |
285 |
898 |
|
ЖАМИ |
540 |
441 |
435 |
1425 |
Har yili Kosonsoy
tumani va viloyatimiz tumanlarida kasbga yo'naltirish bo'yicha
maktabning bitiruvchi o'quvchilari bilan suhbatlar o'tkazib
boriladi. O'quv ishlab chiqarish va Diplom oldi amaliyoti davrida
amaliyot uslubiy rahbarlari tomonidan ham targ'ibot ishlari olib
boriladi. Yil davomida «Ochiq eshiklar» kuni tashkil etilib
tumandagi barcha maktab o'quvchilari kollej hayoti bilan tanishtirib
boriladi.
Bitiruvchilarning ishga joylashuvi bo'yicha ishlar Diplom oldi
amaliyoti davrida boshlanadi. Har bir bitiruvchi kurs o'quvchisi
Diplom oldi amaliyoti davomida kelajakda ishlaydigan muassasalari
bilan ishga joylashuv haqida bitim tuzib keladi. Diplom oldi
amaliyoti davrida bo'sh ish o'rinlari aniqlansa o'quvchilar ish
bilan ta'minlanadilar.
Joriy
yilda ham bitiruvchi kurs o'quvchilarining ishga joylashuvini
ta'minlash haqida ishlar olib borilmoqda.
Lavozim majburiyatlarini bajarilishi uchun har bir xodim bilan
yillik shartnoma tuzilgan, uning bajarilishi muntazam ravishda
kafedra mudirlari, bo'lim boshliqlari va ma'muriyat tomonidan
nazoratga olingan. Ishchi xodimlar o'rtasida Vazirlar Mahkamasining
№12 qarori asosida ish taqsimoti va ular tomonidan yuritiladigan
hujjatlar ro'yxati tuzilgan. Har oyda belgilangan rejalar va
bajarilgan ishlar monitoringi olib boriladi.
Yil
davomida ishchi-xodimlar va o'quvchilar moddiy va ma'naviy
rag'batlantirib boriladi. 2004 yilda 986000 so'm moddiy yordam,
118200 so'm rag'batlantirish va 198000 so'm ijtimoiy muhofaza uchun
mablag' sarflandi. 2005 yilning hozirgi kunigacha 210000 so'm
miqdorida kam ta'minlangan qatlam vakillariga
moddiy yordam ko'rsatildi. 2004 yilda faoliyatlari bilan boshqalarga
namuna bo'lgan 3 nafar o'qituvchilar Sh.Qambarova, Q.Inomov,
Q.Bahromovlar «O'zbekiston Respublikasi O'rta maxsus, kasb-hunar
ta'limi a'lochisi» ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar. Bir necha
nafar o'qituvchilar tuman va viloyatda o'tkazilgan teletadbirlarda
qatnashib keldilar.
Ukuvchilarga maishiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash maqsadida
poyafzal ta'mirlash ustaxonasi, suratxona, tikuvchilik, kir yuvish
xonalari tashkil etilgan.
Kollejda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar va o'quvchilar
uchun sharoitlar yaratilgan. Oshxona, sport zali, faollar zali
ularga xizmat qiladi.
400
o'rinli yotoqxonada o'quvchilar yashashi uchun qulay sharoit yaratilgan.
Ularni dam olishi uchun xonalar ajratilib televizorlar qo'yilgan,
turli xil tadbirlar muntazam olib boriladi.
Kollej moddiy texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish
maqsadida 2004 yilda Yaponiya beg'araz yordami asosida «Hamshiralik
parvarishi» trening zali uchun jihozlar olindi, 2 ta xona oxirgi
rusumdagi Pentium IV kompyuterlari bilan jihozlandi. 7 ta Pentium IV
personal kompterlari ukuv-uslubiy jarayonlar uchun xizmat kilmokda.
Kollej jamoasi viloyat va tumandagi jamoat va nodavlat tashkilotlari
bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradi. «Kamolot» YOIX, «Sog'lom
avlod uchun» xalqaro xayriya jamg'armasi, «Qizil yarim oy»
jamg'armasi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan turli tadbirlar
o'tkazib kelinadi. |