Bosh sahifa

      

Assalomu alaykum! saytimizga xush kelibsiz!
 

Bizning shior

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Kollej tarixi
Ta'lim va islohot
Sarhisob
Zafarli odimlar
Yutuqlarimiz
Amaliyot

O'qitish tizimi

faxrlanamiz

Abiturient-2006

Boshqaruv

Rahbariyat

Bo'limlar

Web sahifalar

Gov.uz

Bosh sahifa

 

Ob-havo

GISMETEO.RU: погода в г. Наманган

 

«AKUSHERLIK ISHI» MUTAXASSISLIGI

 

Akusherka homilador ayollarga va ginekologik kassalliklar bilan og'rigan bemorlarga yordam ko'rsatish, o'tkir kasalliklarda va baxtsiz hodisalarda birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish huquqiga ega.

* akusherka tug'ruqxonaning maxsus bo'limlarida: tug'ruq blokida, operasion blokida, intensiv terapiya palatalarida;

* tug'ruqqa tayyorlov bo'limida, homiladorlar patologiyasi bo'limida;

* kasalxonalarning tug'ruq bo'limlari;

* jamoa xo'jaliklarning tug'ruqxonalarida;

* ginekologik bo'limlarida;

* ayollar maslahatxonalarida;

* oilaviy poliklinikalarda;

* bolalar ginekologik kabinetida;

sog'lomlashtirish punktlarida, bundan tashqari barcha davolash muassasalarida akusherka va tibbiy hamshira lavozimlarida ishlash uchun tayyorlanadi.

 

AKUSHERKA BILISHI KERAK:

* O'zbekiston Respublikasining Sog'liqni saqlash haqidagi qonunlarini va direktiv hujjatlarini, Sog'liqni saqlash tizimi prinsiplarini;

* davolash - profilaktika muassasalarining tashkiliy tizimi faoliyatining huquqiy * iqtisodiy aspektlarini;

* aholi salomatligi holati haqidagi ma'lumotlarni;

* tibbiy texnika va asboblar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini;

* kasb vazifalarini boshqarishda zarur bo'lgan umummutaxassislik, tibbiy – biologik va tibbiy terminologiya asoslarini;

 

«DAVOLASH ISHI» MUTAXASSISLIGI

 

Feldsher shifokorga qadar davalash - profilaktika va sanitariya profilaktika yordamini ko'rsatish, o'tkir kasalliklar va baxtsiz hodisalarda birinchi shoshilinch yordam ko'rsatish va mustaqil feldsherlik, qishloq va shahar vrachlik punktlarida ishlash uchun, shahar davolash-profilaktika muassasalarida o'rta tibbiy xodimlar (barcha nomlanishdagi) shuningdek rahbarlik, (tish texnikasi va stomatologik feldsherlikdan tashqari) lavozimlarda ishlash uchun tayyorlanadi;

Feldsher zamon talabiga javob bera oladigan chuqur nazariy bilimga ega bo'lib, amaliy muolajalarni aniq, yuqori malaka bilan bajara olishi, yangilanib turayotgan tibbiy texnikaga tezda moslashib ishlay olishi, reanimasiya usullarini yaxshi bilishi va bemorga mustaqil dastlabki tez tibbiy yordam ko'rsata olishi lozim.

 

FELDSHER BILISHI KERAK:

v            sog'liqni saqlash haqidagi qonunlarni va direktiv hujjatlarni, sog'liqni saqlash tizimi prinsiplarini;

v            sog'lom va bemor odamning anatomo – fiziologik, yoshiga, jinsiga xos psixologik xususiyalarni;

v            organizmda patologik jarayonda ro'y berishi mumkin bo'lgan holatlarni;

v            keng tarqalgan dori moddalarning farmakologik ta'siri, dozirovkasi, organizmga yuborish uslubi va texnikasini;

v            dori moddalarni yozish, hisobga olish va saqlash koridalarini;

v            odamlarda nisbatan keng tarqalgan kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, zamonaviy klassifikasiyasi va ularda tashxislash usullarini;

v            bemorlarni parvarishlash va davolash prinsiplarini;

 

«HAMSHIRALIK ISHI» MUTAXASSISLIGI

 

Mutaxassis barcha davolash - profilaktika muassasalarida tibbiyot hamshirasi lavozimida ishlash uchun tayyorlanadi.

Mutaxassis zamon talabiga javob bera oladigan chuqur nazariy bilimga ega bo'lishi amaliy muolajalarni aniq, puxta, yuqori malakada bajara olishi, yangilanib turayotgan tibbiy texnikaga tezda moslashib ishlay olishi va bemorga mustaqil dastlabki tez tibbiy yordam ko'rsata olishi lozim. Respublika fuqarolarini sog'liqni saqlash uchun chiqarilgan hukumat qarorlari, tibbiyotga oid qonunlar, ularni bajarish uchun kasbiga taalluqli chiqarilgan buyruq va ko'rsatmalarni bilishi lozim.

Mutaxassis umumta'lim fanlar asoslarini, jamiyatda yuz berayotgan hodisalarni dialektik nuqtai nazardan ijodiy baholay olishi, mamlakat oldida turgan iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy tuzumning tubdan qayta qurilishi va jamiyat hayotining demokratizasiyalash davrida o'z vazifalarini bajarishida faol qatnashmog'i, yuksak axloq va madaniyatga ega bo'lishi, vatanparvarlik va hamkasabalik ruhida tarbiyalanishi, insoniyat sivilizasiyasi va mustaqil respublikamizning taqdiriga javobgarligini his qila olishi kerak.

 

MUTAXASSIS BILISHI KERAK:

v            Respublika fuqarolarini sog'lig'ini saqlash uchun chiqarilgan hukumat qarorlari, tibbiyotga oid qonunlar ularni bajarish uchun kasbiga taalluqli chiqarilgan buyruq va ko'rsatmalarni bilishi lozim;

v            davolash - tashxislash jarayonida, kasalliklarniig oldini olishda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholi salomatligi haqidagi ma'lumotlarni yig'a bilish, mamlakat va chet davlatlarda sog'liqni saqlashning taraqqiyot istiqbollarini o'rganish;

v            sog'liqni saqlash tizimida o'tkazilayotgan islohotlarni, sog'liqni saqlash haqidagi qonun-qoidalarni va me'yoriy hujjatlarni, sog'liqni saqlash muassasalari faoliyatining tashkiliy tizimini, huquqiy va iqtisodiy yangiliklarni;

amal qilinishi lozim bo'lgan sanitariya maorifining usullarini;

email: kasmed1981@mail.ru  
Copyright 2006© Designed by Rustam Temirov
 
count
Хостинг от uCoz