Kollej
raqamlarda
Kosonsoy tibbiyot kolleji 1981 yil 10 avgustida tashkil etilgan.
1981 yil avgustidan 2004 yil 15 aprelgacha Qambarova Shavkatjon,
2004 yil 16 apreldan boshlab shu kungacha Azizov Muham-madali
Abdusattorovich rahbarlik qilib kelmoqda.
***
Hozirgacha 7225 nafar o'rta tibbiyot xodimlari tayyorlandi. Ulardan
100 nafardan ortig'i oliy o'quv yurtlarini tugatib, sog'liqni
saqlash tizimining turli bo'g'inlarida faoliyat olib bormoqdalar.
***
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 14
avgustdagi 338 qarori, Respublika O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
Markazining 30 noyabr 2001 yildagi 327 sonli buyrug'i bilan kollej
maqomi berilgan. Kollejda 82 nafar o'qituvchi bo'lib, ulardan 23
nafar oliy, 27 nafar I toifali, 15 nafar II toifali va 17 nafar
mutaxassis o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shulardan 8
nafar o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassis kadrlar ishlab kelmoqda.
Ular mutaxassislik fanlarining amaliy qismidan mashg'ulotlar olib
boradilar. Kollej o'qituvchilaridan M.Azizov, G.Bozorovalar Toshkent
Tibbiyot Akademiyasi va Q.Inomov Andijon Tibbiyot Institutida ilmiy
izlanish ishlarini olib bormoqdalar.
***
Kollej o'qituvchilaridan M.Azizov va Sh.Qambarovalar Gigiyena
fanidan darslik, Q.Inomov Hamshiralik ishi asoslari fanidan o'quv
adabiyoti, G.Bozorova, R.Mahmudova, D.Qayumova, I.Eshonov,
S.Muydinova va F.Ismagilovalar turli xildagi o'quv uslubiy
qo'llanmalar yaratgan. Kollej o'qituvchilaridan Q.Bahromov,
Sh.Qambarova, M.Bubalova va Q.Inomovlar O'rta maxsus, kasb-hunar
ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlar.
***
Kollejning Davolash ishi bo'limi bitiruvchisi S.Haydarova Zulfiya
nomidagi davlat mukofotining viloyat bosqichida qatnashib faxrli II
o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek shu o'quvchi
Respublika Kamolot YOIH va Fond-Forum xalqaro jamg'armasi
tomonidan tashkil etilgan Kelajak ovozi mega-tanlovining
respublika bosqichida qatnashib faxrli o'rinni egallagan. Viloyat
miqyosida o'tkazilgan sport musobaqalarining voleybol, yengil
atletika turlarida kollej o'quvchilari faol qatnashib keladi.
***
Mustaqillik yillarida kollej o'qituvchilaridan 4 nafar faol
o'qituvchi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mukofoti bilan
taqdirlangan. Viloyat tibbiyot kollejlari o'rtasida ilmiy-amaliy
konferensiya, Eng yaxshi bitiruvchi ko'rik tanlovlari o'tkazib
kelinmoqda. Kollejga O'zbekiston qahramoni A.Oripov, Respublika
ma'naviyat va ma'rifat markazining o'rinbosari S.Olimov, viloyat
ma'naviyat va ma'rifat markazining mas'ul kotibi, shoir Z.Mansur,
tuman hokimi, senator I.Karimov, Respublika XDP I o'rinbosari
G.Mag'zumova tashrif buyurishgan.
***
Barkamol avlod sport musobaqalarining viloyat bosqichida kollej
o'quvchilaridan 22 nafari ishtirok etgan. 1 nafar o'quvchi
Toshmatova Gulnora sportning voleybol turi bo'yicha respublika
bosqichida qatnashib kelgan.
***
Kollej talabalar turar joyida o'quvchilarga qulay sharoit yaratish
maqsadida qo'shimcha ovqat tayyorlash joylari, o'quv zali, kutubxona,
dush, sport maydonchalari, ma'naviyat va ma'rifat xonalari tashkil
etilgan.
***
Hozirgi davrda kollejda 1772 nafar o'quvchi 3 yo'nalish: Davolash
ishi, Akusherlik ishi va Hamshiralik ishi bo'yicha tahsil oladi.
Oliy o'quv yurtlariga har yili 5-6 nafardan o'quvchilar kirmoqdalar.
2005 yilda 431 nafar o'quvchi kollejni bitirib, ulardan 285 nafari
o'z sohasi bo'yicha, 103 nafari yaqin sohalarda ish olib borishmoqda.
Kollejda 5 nafar chin yetim, 56 nafar ota yoki onasiz, 5 nafar
nogiron o'quvchilar va 15 nafar kam ta'minlangan oila farzandlari
tahsil oladilar.
***
Kollej tibbiyotga yo'naltirilganligi sababli o'quv tajriba xo'jaligi
mavjud emas.
***
Istiqlol davrida kollejning barcha o'qituvchilari fanlari bo'yicha
darslarni yangi pedagogik texnologiyalari asosida tashkil etishmoqda.
Yaponiya davlati bag'araz yordami orqali kollejga Hamshiralik ishi
trening zali uchun jihozlar olib kelindi va amaliy mashg'ulotlarda
keng qo'llanilmoqda. Kollej kutubxonasi yangi avlod o'quv
adabiyotlari va elektron darsliklar bilan muntazam ta'minlanib
kelinadi.
Kollejda o'quvchilar turar joyining uzoqligi muammosi
mavjud.
***
O'quv yurti jamoat
tashkilotlari kollejning barcha jamoat ishlarida faol qatnashib
keladi. Chunonchi, fanlar bo'yicha Breyn-ring, O'yla, izla,
top, Quvnoqlar va zukkolar, KVN, Nafosat, Qizlarjon va
ko'plab boshqa tadbirlar jamoat tashkilotlarining bevosita
rahbarligi ostida tashkil etiladi. |