Kollejimiz tashkil
etilgandan beri talabalarimiz ko`pgina musobaqalarda faxrli
o`rinlarni qo`lga kiritishgan va kollejimiz sha`nini munosib himoya
qilishgan.
2003-2004 o'quv
yilida fanlar bo'yicha o'tkazilgan tuman olimpiadasida birorta
o'quvchi g'olib bo'lib viloyat olimpiadasida qatnashmagan bo'lsa,
2004-2005 o'quv yilida kollejning 11 nafar o'quvchisi tuman
olimpiada bosqichida g'olib bo'lib viloyat olimpiadasida qatnashdi.
Ulardan 1 nafari
II-o'rinni,
2 nafari esa
IV-o'rinni
egallashdi. Iqtidorli o'quvchilar o'z vaqtida ma'naviy va moddiy
rag'batlantirib boriladi.
Bugungi kunda
ularning har tomonlama iqtidorini ro'yobga chiqarish uchun
respublikamiz miqyosida ko'plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Ular
jumlasiga «Barkamol avlod» sport musobaqalari, turli xildagi ko'rik
tanlovlar, fan olimpiadalarini misol qilish mumkin. Kollejimiz
talaba yoshlari ham o'tgan 2005 yilda respublika miqyosida
o'tkazilgan ko'pgina musobaqa va tanlovlarda ishtirok etib faxrli
o'rinlarni olib qaytgan edilar. Ushbu an'ana 2006 yilning
I
choragida ham davom ettirilib, hozirni o'zidayoq «Zulfiya»
nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar guruhlar bo'yicha aniqlanib
tanlovning
I
bosqichi o'tkazildi va 65 nafar nomzod
II
bosqichga o'tdi. Viloyatdagi tibbiyot kollejlari o'rtasida
o'tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman uchun ham tanlovlar keskin va
murosasiz o'tkazilib, har bir kafedradan 1 nafardan nomzod tanlab
olindi. Aprel oyida o'tkaziladigan viloyat miqyosidagi anjumanda
kollejimizning 9 nafar talabasi o'zining ilmiy ishini himoya qiladi.
O'tgan yili «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotiga tanlovlarning
viloyat bosqichda
II
o'rinni egallagan 33 guruh talabasi Sunbula Haydarova o'zining «Yumaloqshayxmazor
qishlog'i tarixi» nomli risolasini Namangan Davlat Universitetining
ilmiy kengashida himoya qilib, 1000 nusxada bosmadan chiqarish
huquqini qo'lga kiritdi.
Mart
oyida tuman «Kamolot» Ё.I.H.
tomonidan «Siz
qonunni
bilasizmi?» bellashuvi
o'tkazildi.
Unda bizni kollejimiznining «Diyonat» jamoasi ham ushbu bellashuvda
qatnashib faxrli ikkinchi o'rinni olishdi.
|