KOSONSOY TIBBIYOT KOLLEJI
Kosonsoy tibbiyot kolleji 1981
yil tashkil qilingan.
Kollejni bitirgan 6000 dan ortiq tibbiyot hamshiralari qo'shni Qir-g'iziston
respublikasida, respublikamizni barcha viloyatlarida,
Qoraqolpo-g'iston avtonom Respub-likasida,
viloyatimizni bar-cha tumanlarida xalq
salomatligini saqlashda va mustahkamlashda jonbozlik ko'rsatib mehnat
qilib kelmoqdalar.
Kollejda hozirgi kunda 83 nafar
Oliy ma'lumotli o'qituvchilar, 1780 nafar o'quvchi yoshlarga ta'lim
tarbiya berib kelmoqdalar, ulardan 26 nafari Oliy toifali, 25 nafari
I-toifali, 10 nafari II-toifali qolganlari mutaxassis
o'qituvchilardir.
Kollejning moddiy
texnika bazasi borgan sari mustahkamlanib bormoqda. O'quvchilarga
ilm sirlarini egallash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 52 ta fan
xonalari, 3 ta informatika xonasi, sport zal, 2 ta voleybol, 2 ta
basketbol, 1 ta qo'l to'pi, 1 ta futbol maydonchalari va 120 o'rinli
faollar zali, 22246 kitob fondiga ega bo'lgan kutubxona, 60 o'rinli
qiroat xonasi, 400 o'rinli yotoqxona o'quvchilar xizmatida. Rus tili
va xorijiy tillar bo'yicha 4 ta lingofon xonasi, 8 ta laboratoriya
xonalari hozirgi zamon talablari asosida jihozlangan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
vazifalarini amalga oshira borib kollej 2002 yil avgust oyida 900
o'quvchi o'rniga qayta rekonstruksiya qilinib foydalanishga
topshirildi.
O'qituvchilar
salohiyati tobora mustahkamlanib bormoqda. Kollej o'qituvchilari
respublika miqyosida ilmiy o'quv adabiyotlari yaratishda ham alohida
o'rnak bo'lmoqdalar jumladan kollejning Hamshiralik ishi fani
o'qituvchisi Inomov Q. Hamshiralik ishi fani bo'yicha o'quv
darsligi yaratdi, bu adabiyot respublika tibbiyot kollejlari
o'quvchilari tomonidan o'rganilmoqda. 2004 yilda kollej direktori M.
Azizov va direktor o'rinbosari SH. Qambarovalarning Gigiyena
fanidan o'quv adabiyoti yangi alfavitda bosmaxonadan chiqdi va
markaz orqali Respublika tibbiyot kollejlariga chiqarildi Jismoniy
tarbiya fani o'qituvchisi Eshonov I. kollejlar uchun Jismoniy
tarbiya fanidan o'quv dasturi yaratdi. Kollejga dastlab Hamshiralik
ishi mutaxassisligi buyicha o'quvchilar qabul qilingan bo'lsa
hozirgi vaqtga kelib yana qo'shimcha Davolash ishi, Akusherlik
ishi bo'limlari ochilib kadrlar tayyorlanmoqda.
2002 yili 1 ta va
2004 yil yana 1 ta yangi Informatika xonasi tashkil qilinib
zamonaviy kompyuterlar bilan hamda ko'paytirish axborot texnikalari
bilan jihozlandi, 2004 yilda Hamshiralik ishi fani bo'yicha o'quv
trening (Yaponiya granti bo'yicha) xonasi To'la jihozlanib
foydalanishga topshirildi 6000000 so'mlik o'quv laboratoriya
jihozlari, ximiyaviy reaktivlar olinib o'quv xonalarida bevosita
klinik laboratoriya o'lchovlari va reaksiyalar o'tkazish uchun
yetarli sharoitlar yaratildi.
Shu yilning o'zida Umumta'lim fanlari bo'yicha 100% o'quv
adabiyotlar olindi. O'quvchilarni ma'naviy dunyoqarashini
rivojlantirish uchun turli tadbirlar: Qizlar davrasi, Quvnoqlar
va zukkolar, Siz tarixni bilasizmi?, Siz qonunni bilasizmi, Breyn-ringlar,
davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda. Kuni kecha kollejimizning
iqtidorli talabalari O'zbekiston telekanalining O'yla, izla, top
intellektual o'yinda qatnashib keldilar. O'quv yili davomida
muntazam ravishda kafedralar ichida kafedralarning Ochiq
dekadalari o'tkazilib unda Ochiq darslar, Ochiq tarbiyaviy
soat-lar, Ilmiy-amaliy konferensiya-lar, Olimpiadalar
o'tkazilmoqda. O'tkazilgan tadbirlarning hammasi faqat bir narsaga
bu ham bo'lsa barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Shu
yo'nalish bo'yicha kollejning 120 dan ortiq o'qituvchi va ishchi
xodimlari mehnat qilib kelmoqdalar. |