Bosh sahifa

      

Assalomu alaykum! saytimizga xush kelibsiz!
 

Bizning shior

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Kollej tarixi
Ta'lim va islohot
Sarhisob
Zafarli odimlar
Yutuqlarimiz
Amaliyot

O'qitish tizimi

faxrlanamiz

Abiturient-2006

Boshqaruv

Rahbariyat

Bo'limlar

Web sahifalar

Gov.uz

Bosh sahifa

 

Ob-havo

GISMETEO.RU:   .

 

 

Direktor: Azizov Muhammadali Abdusattorovich 1957 yil 23 oktyarbda Kosonsoy shahrida tug'ilgan. 1980 yili Toshkent Davlat Tibbiyot Instituni Gigiyena, sanitariya epidemiologiyasi fakultetini bitirgan. Kosonsoy tibbiyot kollejida 1983 yildan beri faoliyat olib boradi. O'z faoliyati davomida u Anatomiya fani o'qituvchisi, bo'lim boshlig'i va o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari vazifalarida ishlab kelgan. 2004 yildan boshlab kollej direktori. O'nlab maqolalar va Gigiyena fanidan tibbiyot kollejilari o'quvchilari uchun darslik muallifi.

 

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: Odilov Kamolxon 1951 yil 3 sentabrda Kosonsoy shahrida tug'ilgan. 1991 yili Farg'ona Davlat Pedagogika Instituni Biologiya fani o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha bitirgan. Kosonsoy tibbiyot kollejida 1991 yildan beri faoliyat olib bormoqda. O'z faoliyati davomida  Biologiya, Tibbiyot genetikasi fanlari o'qituvchisi, Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari vazifalarida ishlab kelgan. 2004 yildan boshlab O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari.

 

Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: Qambarova Shavkatjon 1947 yil 3 yanvarda Qirg'iziston Respublikasi Jalol-Obod viloyatida tavallud topgan. 1972 yil Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini Sanitariya vrachi mutaxassisligi bo'yicha bitirgan. Kosonsoy tibbiyot kollejida 1981 yildan boshlab direktor vazifasida faoliyat boshlagan. 2004 yildan boshlab Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi a'lochisi. O'nlab maqolalar va Gigiyena fanidan tibbiyot kollejilari o'quvchilari uchun darslik muallifi.

 

Amaliy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari: Inomov Qodirxon Saidmamatovich 1963 yil 11 martda Kosonsoy shahrida tug'ilgan. 1986 yil Samarqad O'rta Osiy Pediatriya Institutini Vrach-pediatr mutaxassisligi bo'yicha bitirgan. Kosonsoy tibbiyot kollejida 1986 yildan boshlab Pediatriyada hamshiralik ishi, Hamshiralik ishi asoslari fanlari o'qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda. 2003 yildan boshlab Amaliy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda. O'z faoliyati davomida Hamshiralik ishi asoslari fani bo'yicha 4 marta darslik tayyorlab nashrdan chiqargan, hozirgi kunda yangi Pediatriyada hamshiralik ishi darsligi nashrdan chiqish arafasida. Andijon Davlat Tibbiyot Instituti VMOF Pediatriya kafedrasida ilmiy ish olib bormoqda.

 

Kasaba uyushma qo'mitasi raisi: Eshonov Islomxon Xashimovich 1960 yil 22 iyunda Kosonsoy shahrida tug'ilgan. 1990 yilda Namangan Davlat Pedagogika Institutini Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Kosonsoy tibbiyot kollejida 1986 yildan boshlab Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi, Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik kafedrasi mudiri, 1996 yildan boshlab Kasaba uyushma qo'mitasi raisi vazifasida faoliyat olib bormoqda.

 

Kamolot YOIH yetakchisi: Eshonov Sohibxon Mutalifxonovich 1980 yil 6 oktabrda Kosonsoy shahrida tavallud topgan. 2002 yil Namangan Davlat Universitetini Tarix fani o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha bitirgan. Kosonsoy tibbiyot kollejida 2002 yildan boshlab Ijtimoiy fanlar o'qituvchisi hamda Kamolot YOIH yetakchisi vazifalarida ishlab kelmoqda.

 

email: kasmed1981@mail.ru  
Copyright 2006 Designed by Rustam Temirov
 
count
Хостинг от uCoz