Bosh sahifa

      

Assalomu alaykum! saytimizga xush kelibsiz!
 

Bizning shior

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Kollej tarixi
Ta'lim va islohot
Sarhisob
Zafarli odimlar
Yutuqlarimiz
Amaliyot

O'qitish tizimi

faxrlanamiz

Abiturient-2006

Boshqaruv

Rahbariyat

Bo'limlar

Web sahifalar

Gov.uz

Bosh sahifa

 

Ob-havo

GISMETEO.RU: погода в г. Наманган

   

HAYDAROVA SUNBULA

Haydarova Sunbula Abdusattorovna 1987 yil 2-avgustda Yangiqo'rg'on tumani Mamay qishlog'ida, B.Normirzayev mahallasi 81 uyda, ishchi oilasida tug'ilganman.

U 1994-yilda Yangiqo'rg'on tumanidagi A.Yassaviy nomli 32-o'rta maktabni 1 sinfiga qabul qilindi.

2003 yilda maktabni 9 sinfini a'lo baholar bilan tamomlab, Kosonsoy tibbiyot kollejiga o'qishga topshirgan. Hozirgi kunda mazkur kollejning «Davolash ishi» bo'limi 33-guruhida a'lo baholarga o'qib tamomladi.

 «Umummutxassislik fanlari» kafedrasi «Sh.Qambarova» nomidagi stipendiya nomzodi.

         Jonajon o'lkamizni milliy istiqlolga erishuvi natijasida milliy madaniyat qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Yangicha mafkura shakllanib bormoqda.

Shu jumladan aloxida tumanlar, shaxarlar, va qishloqlar tarixini o'rganish, ularni keng ommaga yetkazish yaxshi an'anaga aylanmokda.

Kosonsoy tibbiyot kolleji talabasi Sunbula Xaydarova tuman xududidagi tog'oldi «Yumaloq shayx mazor» qishlog'i tarixi haqida yozgan risolasini tariximizning yana bir kichik bo'lagini oydinlashtirishga intilishi desak mubolag'a bo'lmaydi. Talaba o'z iqtidori doirasida o'qituvchilari rahbarligida hozirgacha  ko'pchilikka no'malum bo'lib kelayotgan «Yumalok shayx» nomi tarixiy kishining shaxsiyatini aniqlashda birmuncha ijobiy ishlarni amalga oshirgan. Ushbu ishida Sunbula Xaydarova mazkur qishloq tarixini qadimiy Kosonsoy tarixi bilan bog'liq bo'lgan holda o'rganib bir necha e'tiborli manbadan qimmatli dalillarni keltirgan. Bu albatta ilmiy ish salohiyatini uning ahamiyatini oshiradi.

Ushbu ilmiy risola kelajakda yanada chuqurroq o'rganishga va kengaytirilgan holda nashr etilib keng kitobxonlar ommasiga taqdim etishga arziydi.

 

 

SAIDXONOVA HAYOTXON

Saidxonova Hayotxon Xojaxonovna 1987 yilning 15-iyulida Namangan viloyati Kosonsoy shahar Navbahor mahallasi 14-uyda tug'ilgan.

1994 yilda Kosonsoy shahridagi Z.M.Bobur nomli 2-o'rta maktabning 1-sinfiga qabul qilindi. 2003 yil shu maktabni 9-sinfini tamomlab, shu yil Kosonsoy tibbiyot kollejiga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tib I kursga qabul qilindi.  Kollejda o'qish davrida o'zining iqtidori, ijodkorligi bilan barchani mehrini qozongan. Ko'plab she'rlari va maqolalari mahalliy matbuot nashrlarida chop etilgan.

Hozirgi kunda mazkur kollejning «Akusherlik ishi» bo'limida a'lo baholarga bitirib Andijon Davlat Tibbiyot Institutining «Oliy malakali hamshira» kursiga hujjat topshirgan.

Yaratganning irodasi bilan Saidxonova Hayotxonda tug'ma talant, iste'dodning kurtaklari 12 yoshidan boshlab namoyon bo'la boshladi. Mana besh yildirki, men bu o'quvchining qalbdan kuylagan qo'shiqlarini maroq bilan tinglayman, yozgan she'rlarini o'qib tahlil qilib, unda qandaydir ichki dard borligini, garchi she'riyat talablariga to'liq javob berolmasa ham she'r satrlarining ravonligi, o'zaro qofiyadoshligini his qilaman.

«San'atim-saodatim» mavzusida yozgan referati ham ana shu ijodiy jarayonning qog'ozga tushirilgan bir ko'rinishi xolos.

Hayotxon Saidxonovaning san'atning bu uch turiga bo'lgan qiziqishi, qobiliyati, qolaversa tug'ma iste'dodiga sayqal berib borilsa, qo'llab-quvvatlansa, kelajakda bu talabadan mohir san'atkor chiqishiga ishonaman.

email: kasmed1981@mail.ru  
Copyright 2006© Designed by Rustam Temirov
 
count
Хостинг от uCoz