Bosh sahifa

      

Assalomu alaykum! saytimizga xush kelibsiz!
 

Bizning shior

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Kollej tarixi
Ta'lim va islohot
Sarhisob
Zafarli odimlar
Yutuqlarimiz
Amaliyot

O'qitish tizimi

faxrlanamiz

Abiturient-2006

Boshqaruv

Rahbariyat

Bo'limlar

Web sahifalar

Gov.uz

Bosh sahifa

 

Ob-havo

GISMETEO.RU:   .

 

 

KOSONSOY TIBBIYOT KOLLEJI

 

Kosonsoy tibbiyot kolleji 1981 yil tashkil qilingan. Kollejni bitirgan 6000 dan ortiq tibbiyot hamshiralari qo'shni Qir-g'iziston respublikasida, respublikamizni barcha viloyatlarida, Qoraqolpo-g'iston avtonom Respub-likasida, viloyatimizni bar-cha tumanlarida xalq salomatligini saqlashda va mustahkamlashda jonbozlik ko'rsatib mehnat qilib kelmoqdalar.

Kollejda hozirgi kunda 83 nafar Oliy ma'lumotli o'qituvchilar, 1780 nafar o'quvchi yoshlarga ta'lim tarbiya berib kelmoqdalar, ulardan 26 nafari Oliy toifali, 25 nafari I-toifali, 10 nafari II-toifali qolganlari mutaxassis o'qituvchilardir. Kollejning moddiy texnika bazasi borgan sari mustahkamlanib bormoqda. O'quvchilarga ilm sirlarini egallash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 52 ta fan xonalari, 3 ta informatika xonasi, sport zal, 2 ta voleybol, 2 ta basketbol, 1 ta qo'l to'pi, 1 ta futbol maydonchalari va 120 o'rinli faollar zali, 22246 kitob fondiga ega bo'lgan kutubxona, 60 o'rinli qiroat xonasi, 400 o'rinli yotoqxona o'quvchilar xizmatida. Rus tili va xorijiy tillar bo'yicha 4 ta lingofon xonasi, 8 ta laboratoriya xonalari hozirgi zamon talablari asosida jihozlangan.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi vazifalarini amalga oshira borib kollej 2002 yil avgust oyida 900 o'quvchi o'rniga qayta rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.

O'qituvchilar salohiyati tobora mustahkamlanib bormoqda. Kollej o'qituvchilari respublika miqyosida ilmiy o'quv adabiyotlari yaratishda ham alohida o'rnak bo'lmoqdalar jumladan kollejning Hamshiralik ishi fani o'qituvchisi Inomov Q. Hamshiralik ishi fani bo'yicha o'quv darsligi yaratdi, bu adabiyot respublika tibbiyot kollejlari o'quvchilari tomonidan o'rganilmoqda. 2004 yilda kollej direktori M. Azizov va direktor o'rinbosari SH. Qambarovalarning Gigiyena fanidan o'quv adabiyoti yangi alfavitda bosmaxonadan chiqdi va markaz orqali Respublika tibbiyot kollejlariga chiqarildi Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Eshonov I. kollejlar uchun Jismoniy tarbiya fanidan o'quv dasturi yaratdi. Kollejga dastlab Hamshiralik ishi mutaxassisligi buyicha o'quvchilar qabul qilingan bo'lsa hozirgi vaqtga kelib yana qo'shimcha Davolash ishi, Akusherlik ishi bo'limlari ochilib kadrlar tayyorlanmoqda.

2002 yili 1 ta va 2004 yil yana 1 ta yangi Informatika xonasi tashkil qilinib zamonaviy kompyuterlar bilan hamda ko'paytirish axborot texnikalari bilan jihozlandi, 2004 yilda Hamshiralik ishi fani bo'yicha o'quv trening (Yaponiya granti bo'yicha) xonasi To'la jihozlanib foydalanishga topshirildi  6000000 so'mlik o'quv laboratoriya jihozlari, ximiyaviy reaktivlar olinib o'quv xonalarida bevosita klinik laboratoriya o'lchovlari va reaksiyalar o'tkazish uchun yetarli sharoitlar yaratildi.

Shu yilning o'zida Umumta'lim fanlari bo'yicha 100% o'quv adabiyotlar olindi. O'quvchilarni ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirish uchun turli tadbirlar: Qizlar davrasi, Quvnoqlar va zukkolar, Siz tarixni bilasizmi?, Siz qonunni bilasizmi, Breyn-ringlar, davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda. Kuni kecha kollejimizning iqtidorli talabalari O'zbekiston telekanalining O'yla, izla, top intellektual o'yinda qatnashib keldilar. O'quv yili davomida muntazam ravishda kafedralar ichida kafedralarning Ochiq dekadalari o'tkazilib unda Ochiq darslar, Ochiq tarbiyaviy soat-lar, Ilmiy-amaliy konferensiya-lar, Olimpiadalar o'tkazilmoqda. O'tkazilgan tadbirlarning hammasi faqat bir narsaga bu ham bo'lsa barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Shu yo'nalish bo'yicha kollejning 120 dan ortiq o'qituvchi va ishchi xodimlari mehnat qilib kelmoqdalar.

email: kasmed1981@mail.ru  
Copyright 2006 Designed by Rustam Temirov
 
count
Хостинг от uCoz