Bosh sahifa

      

Assalomu alaykum! saytimizga xush kelibsiz!
 

Bizning shior

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Kollej tarixi
Ta'lim va islohot
Sarhisob
Zafarli odimlar
Yutuqlarimiz
Amaliyot

O'qitish tizimi

faxrlanamiz

Abiturient-2006

Boshqaruv

Rahbariyat

Bo'limlar

Web sahifalar

Gov.uz

Bosh sahifa

 

Ob-havo

GISMETEO.RU: погода в г. Наманган

 

Kollejimiz tashkil etilgandan beri talabalarimiz ko`pgina musobaqalarda faxrli o`rinlarni qo`lga kiritishgan va kollejimiz sha`nini munosib himoya qilishgan.

2003-2004 o'quv yilida fanlar bo'yicha o'tkazilgan tuman olimpiadasida birorta o'quvchi g'olib bo'lib viloyat olimpiadasida qatnashmagan bo'lsa, 2004-2005 o'quv yilida kollejning 11 nafar o'quvchisi tuman olimpiada bosqichida g'olib bo'lib viloyat olimpiadasida qatnashdi. Ulardan 1 nafari II-o'rinni, 2 nafari esa IV-o'rinni egallashdi. Iqtidorli o'quvchilar o'z vaqtida ma'naviy va moddiy rag'batlantirib boriladi.

Bugungi kunda ularning har tomonlama iqtidorini ro'yobga chiqarish uchun respublikamiz miqyosida ko'plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Ular jumlasiga «Barkamol avlod» sport musobaqalari, turli xildagi ko'rik tanlovlar, fan olimpiadalarini misol qilish mumkin. Kollejimiz talaba yoshlari ham o'tgan 2005 yilda respublika miqyosida o'tkazilgan ko'pgina musobaqa va tanlovlarda ishtirok etib faxrli o'rinlarni olib qaytgan edilar. Ushbu an'ana 2006 yilning I choragida ham davom ettirilib, hozirni o'zidayoq «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar guruhlar bo'yicha aniqlanib tanlovning I bosqichi o'tkazildi va 65 nafar nomzod II bosqichga o'tdi. Viloyatdagi tibbiyot kollejlari o'rtasida o'tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman uchun ham tanlovlar keskin va murosasiz o'tkazilib, har bir kafedradan 1 nafardan nomzod tanlab olindi. Aprel oyida o'tkaziladigan viloyat miqyosidagi anjumanda kollejimizning 9 nafar talabasi o'zining ilmiy ishini himoya qiladi. O'tgan yili «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotiga tanlovlarning viloyat bosqichda II o'rinni egallagan 33 guruh talabasi Sunbula Haydarova o'zining «Yumaloqshayxmazor qishlog'i tarixi» nomli risolasini Namangan Davlat Universitetining ilmiy kengashida himoya qilib, 1000 nusxada bosmadan chiqarish huquqini qo'lga kiritdi.

       Mart oyida tuman «Kamolot» Ё.I.H. tomonidan «Siz qonunni bilasizmi?» bellashuvi o'tkazildi. Unda bizni kollejimiznining «Diyonat» jamoasi ham ushbu bellashuvda qatnashib faxrli ikkinchi o'rinni olishdi.

 

email: kasmed1981@mail.ru  
Copyright 2006© Designed by Rustam Temirov
 
count
Хостинг от uCoz