Bosh sahifa

      

Assalomu alaykum! saytimizga xush kelibsiz!
 

Bizning shior

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Kollej tarixi
Ta'lim va islohot
Sarhisob
Zafarli odimlar
Yutuqlarimiz
Amaliyot

O'qitish tizimi

faxrlanamiz

Abiturient-2006

Boshqaruv

Rahbariyat

Bo'limlar

Web sahifalar

Gov.uz

Bosh sahifa

 

Ob-havo

GISMETEO.RU:   .

 

 

Kollej raqamlarda

Kosonsoy tibbiyot kolleji 1981 yil 10 avgustida tashkil etilgan. 1981 yil avgustidan 2004 yil 15 aprelgacha Qambarova Shavkatjon, 2004 yil 16 apreldan boshlab shu kungacha Azizov Muham-madali Abdusattorovich rahbarlik qilib kelmoqda.

***

Hozirgacha 7225 nafar o'rta tibbiyot xodimlari tayyorlandi. Ulardan 100 nafardan ortig'i oliy o'quv yurtlarini tugatib, sog'liqni saqlash tizimining turli bo'g'inlarida faoliyat olib bormoqdalar.

***

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 14 avgustdagi 338 qarori, Respublika O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazining 30 noyabr 2001 yildagi 327 sonli buyrug'i bilan kollej maqomi berilgan. Kollejda 82 nafar o'qituvchi bo'lib, ulardan 23 nafar oliy, 27 nafar I toifali, 15 nafar II toifali va 17 nafar mutaxassis o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shulardan 8 nafar o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassis kadrlar ishlab kelmoqda. Ular mutaxassislik fanlarining amaliy qismidan mashg'ulotlar olib boradilar. Kollej o'qituvchilaridan M.Azizov, G.Bozorovalar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Q.Inomov Andijon Tibbiyot Institutida ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqdalar.

***

Kollej o'qituvchilaridan M.Azizov va Sh.Qambarovalar Gigiyena fanidan darslik, Q.Inomov Hamshiralik ishi asoslari fanidan o'quv adabiyoti, G.Bozorova, R.Mahmudova, D.Qayumova, I.Eshonov, S.Muydinova va F.Ismagilovalar turli xildagi o'quv uslubiy qo'llanmalar yaratgan. Kollej o'qituvchilaridan Q.Bahromov, Sh.Qambarova, M.Bubalova va Q.Inomovlar O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlar.

***

Kollejning Davolash ishi bo'limi bitiruvchisi S.Haydarova Zulfiya nomidagi davlat mukofotining viloyat bosqichida qatnashib faxrli II o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek shu o'quvchi Respublika Kamolot YOIH va Fond-Forum xalqaro jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan Kelajak ovozi mega-tanlovining respublika bosqichida qatnashib faxrli o'rinni egallagan. Viloyat miqyosida o'tkazilgan sport musobaqalarining voleybol, yengil atletika turlarida kollej o'quvchilari faol qatnashib keladi.

***

Mustaqillik yillarida kollej o'qituvchilaridan 4 nafar faol o'qituvchi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mukofoti bilan taqdirlangan. Viloyat tibbiyot kollejlari o'rtasida ilmiy-amaliy konferensiya, Eng yaxshi bitiruvchi ko'rik tanlovlari o'tkazib kelinmoqda. Kollejga O'zbekiston qahramoni A.Oripov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining o'rinbosari S.Olimov, viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazining mas'ul kotibi, shoir Z.Mansur, tuman hokimi, senator I.Karimov, Respublika XDP I o'rinbosari G.Mag'zumova tashrif buyurishgan.

***

Barkamol avlod sport musobaqalarining viloyat bosqichida kollej o'quvchilaridan 22 nafari ishtirok etgan. 1 nafar o'quvchi Toshmatova Gulnora sportning voleybol turi bo'yicha respublika bosqichida qatnashib kelgan.

***

Kollej talabalar turar joyida o'quvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida qo'shimcha ovqat tayyorlash joylari, o'quv zali, kutubxona, dush, sport maydonchalari, ma'naviyat va ma'rifat xonalari tashkil etilgan.

***

Hozirgi davrda kollejda 1772 nafar o'quvchi 3 yo'nalish: Davolash ishi, Akusherlik ishi va Hamshiralik ishi bo'yicha tahsil oladi. Oliy o'quv yurtlariga har yili 5-6 nafardan o'quvchilar kirmoqdalar. 2005 yilda 431 nafar o'quvchi kollejni bitirib, ulardan 285 nafari o'z sohasi bo'yicha, 103 nafari yaqin sohalarda ish olib borishmoqda. Kollejda 5 nafar chin yetim, 56 nafar ota yoki onasiz, 5 nafar nogiron o'quvchilar va 15 nafar kam ta'minlangan oila farzandlari tahsil oladilar.

***

Kollej tibbiyotga yo'naltirilganligi sababli o'quv tajriba xo'jaligi mavjud emas.

***

Istiqlol davrida kollejning barcha o'qituvchilari fanlari bo'yicha darslarni yangi pedagogik texnologiyalari asosida tashkil etishmoqda. Yaponiya davlati bag'araz yordami orqali kollejga Hamshiralik ishi trening zali uchun jihozlar olib kelindi va amaliy mashg'ulotlarda keng qo'llanilmoqda. Kollej kutubxonasi yangi avlod o'quv adabiyotlari va elektron darsliklar bilan muntazam ta'minlanib kelinadi. Kollejda o'quvchilar turar joyining uzoqligi muammosi mavjud.

***

O'quv yurti jamoat tashkilotlari kollejning barcha jamoat ishlarida faol qatnashib keladi. Chunonchi, fanlar bo'yicha Breyn-ring, O'yla, izla, top, Quvnoqlar va zukkolar, KVN, Nafosat, Qizlarjon va ko'plab boshqa tadbirlar jamoat tashkilotlarining bevosita rahbarligi ostida tashkil etiladi.

email: kasmed1981@mail.ru  
Copyright 2006 Designed by Rustam Temirov
 
count
Хостинг от uCoz